Aholini ro‘yxatga olish tarixi
Aholi har qanday jamiyat va davlatning asosiy boyligidir. Shu boylikni butun mamlakat va hududlari doirasida miqdor va sifat jihatidan baholab borish zamonaviy davlat boshqaruvining ajralmas qismi sifatida yuzaga chiqmoqda.
Aholi va uning xusisiyatlari tug‘ilish, o‘lim, nikoh qurish
va nikohdan ajralish, migratsiya jarayonlari natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Shu bilan birga aholining turli guruhlarga: yoshiga, jinsiga ko‘ra, ta’lim darajasi, milliy mansubligiga ko‘ra aholining taqsimlanishi o‘zgarib turadi.
Aholini rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, xususiyatlari
va demografik jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘zgarib borishi ta’sirida sodir bo‘lib boradi. Shu sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini kuzatib borish talab etiladi.
Aholini dastlab ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan.
Aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash muhim bo‘lgani sababli ham ayni ishlar qilingan. Erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgani, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgani bois, asosan erkaklar ro‘yxatga olingan.
Aholini ilk bor rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo ro‘yxatga olish juda oddiy shaklda bo‘lib, uzoq muddatga cho‘zilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda,
1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatda aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.
XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, aholi xaqida axborot to‘plashning eng keng ko‘lamli
va ko‘p maqsadli tadbirdir. XIX asrdan boshlab dunyo mamlakatlari bo‘ylab aholini ro‘yxatdan o‘tkazishning zamonaviy ko‘rinishidagi tadbirlar amalga oshirila boshlangan va tez fursatda aholi soni va tarkibi to‘g‘risida to‘liq va obyektiv ma’lumot olish imkonini beruvchi davlat va jamiyat boshqaruvining yetakchi dastaklaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini isbotlaydi.