Aholini ro‘yxatga olish nimaga kerak? Bu iqtisodiyot va ijtimoiy loyihalarni rejalashtirishda qanchalik muhim?

Aholini ro‘yxatga olish aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, yashash sharoiti va migratsiyasining to‘liq tasvirini shakllantiradi. BMT aholini kamida 10 yilda bir marta ro‘yxatga olishni tavsiya qiladi va aholini ro‘yxatga olish milliy siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish, shuningdek, mamlakat rivojlanishini kuzatish uchun asosiy axborotlarni taqdim etishini ta’kidlaydi.