Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
  • Asosiy
  • Компания ҳақида
  • Янгиликлар
  • Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli,

xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy ma’lumotlarni shakllantirish hamda aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.
Quyidagilar axborot tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadlari sifatida inobatga olingan:
- aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
- aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;
- milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazish;
- aholini ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
- ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish. Aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 – 30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi.
Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
U aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, Yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.

 

Чоп килиш E-mail

Фойдали манбалар

Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат портали Ягона интерактив давлат ҳизматлари портали gki "Тошкент" Республика Фонд Биржаси Ўзбекистон Республикаси Молия Вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ кўмитаси depo lexuz

 


Copyright © 2014-2024 Акциядорлик жамияти "Mirobod dehqon bozori"

Материаллардан фойдаланганда, қуйидаги ҳаволани келтириш мажбурий.

Сайт ишлаб чикилиши - ayudaAyuda.uz

Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг


100015, Ўзбекистон Республикаси, Тошкент шаҳар, Нукус кўчаси
  (+99871) 255-78-34
  info@mirobod-bozori.uz

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech